«Real» yarim himoyaçisi Mateo Kovaçiç «Çelsi»ga ötişi kutilmoqda.
Marca naşri ma'lumotiga köra, tomonlar uşbu 24 yoşli havbekning ijarasi böyiça kelişuvga erişgan.
Biroz oldinroq uşbu naşr xorvatiyalik futbolçi Madrid klubi safida maşğulotlarda iştirok etişdan boş tortgani va kelajagi masalasiga oydinlik kiritişni talab etayotgani haqida xabar tarqatgandi.
«Real» Kovaçiçni sotişdan köra ijaraga berişni afzal körgan, futbolçi keyinroq jamoaga kerak bölişi hisobga olingan.
Futbolçi transferi yaqin vaqtlar içida e'lon qilinişi kutilmoqda.
Bundan avvalroq, Qirollik klub «Çelsi»dan darvozabon Tibo Kurtuani olmoqçi ekani haqida xabar tarqalgandi. Uşbu belgiyailik futbolçi ham Madridga ötişni istamoqda va u ham jamoa maşğulotlarini boykot qilgan.












