Yurak salomatligini saqlaş uçun töğri ovqatlaniş bilan sportning özi yetarli emas. "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy"da yurakka ziyon yetkazmaslik uçun voz keçiş kerak bölgan odatlar haqida ma'lumot berildi.

Şunday qilib, quyidagi 6 odat yurak faoliyatiga salbiy ta'sir körsatar ekan:

1. Uzoq ötiriş

Mayo klinikasi (AQŞ) mutaxassislarining ta'kidlaşiça, kuniga 10 soatdan ortiq ötiriş yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ikki baravardan köproqqa oşirar ekan. Yoğ parçalanmaydi, qon aylanişi sekinlaşadi va yoğ kislotalari qon tomirlarini osonlikça tösib qöyadi.

2. Asabiylaşiş

Stressni boşdan keçiriş - normal holat, hammasini içga yutiş esa yaxşilikka olib kelmaydi. Uni bartaraf qiliş uçun sport bilan şuğullaning, meditatsiya qiling yoki döstlaringiz bilan uçraşib, vaqtingizni çoğ ötkazing. Bu ayniqsa, yoş ayollar uçun muhimdir. Amerikalik kardiologlarning sözlariga köra, uzoq emotsional stress yurakka juda yomon ta'sir qiladi.

Olimlarning fikriça, muntazam jismoniy maşqlar  stressdan xalos böliş hamda yurakka ziyon yetkazmaslikning eng foydali yöli bölişi mumkin.

3. Misvokdan foydalanmaslik

Ha, misvok faqat tişlar uçun foydali emas. U taom qoldiqlarini yöq qilib, bakteriyalar rivojlanişi oldini oladi. Tadqiqotlarning körsatişiça, oğizdagi bakteriyalar qonga ötib, organizmda yalliğlanişni keltirib çiqarişi mumkin ekan. Surunkali yalliğlaniş, öz navbatida, qon tomirlari kasalliklarini keltirib çiqaradi. Oxir-oqibat, bu insult yoki yurak xurujiga olib kelişi mumkin. 

4. Spirtli içimliklar içiş

Muntazam ravişda spirtli içimliklarni iste'mol qiluvçi odamlar gipertoniya, ortiqça vazn, insult, jigar kasalliklari, saraton va depressiyadan köproq aziyat çekişar ekan. Alkogol içimliklar biz öylagandan-da zararli bölib çiqdi.

5. Töyib uxlamaslik