Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki: Markaziy Osiyo mamlakatlarini qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va ko‘chkilar kutmoqda
Jahon banki 2 avgustda Markaziy Osiyo haqida hisobot e'lon qildi. Unga ko‘ra, mintaqa davlatlari, shu jumladan, Tojikistonga nafaqat qurg‘oqchilik va haroratning keskin o‘zgarishlari, balki undan ham jiddiyroq hodisalar: suv toshqinlari, ko‘chkilar va sellar tahdid qilmoqda.
Tahlilchilarning ta'kidlashicha, favqulodda vaziyatlar respublikaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, chunki Markaziy Osiyo aholisining qariyb to‘rtdan bir qismi qishloq xo‘jaligi sohasida ishlaydi, u qurg‘oqchilik yoki suv toshqinlaridan jiddiy zarar ko‘radi.
Misol sifatida mutaxassislar 2000-2001 yillarda Tojikistonda kuzatilgan vaziyatni keltirishdi. O‘shanda qishloq xo‘jaligiga zarba mamlakat yalpi ichki mahsulotining 4,8 foizi darajasidagi yo‘qotishga olib kelgan.
7 yil o‘tgach, qattiq qish yuz berdi, u odamlar o‘limi, yoqilg‘i va isitish elektr energiyasi yetishmovchiligiga sabab bo‘ldi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, tez-tez ko‘chki va sellardan mintaqa janubidagi yo‘llar zarar ko‘radi, bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga ta'sir qiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy ofatlardan Tojikistonga yetgan zarar 500 million dollarni tashkil etdi.
Mavzuga oid
19:35 / 05.07.2026
O‘zbekiston aviayuk tashish sur’atlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi - OAV
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
21:16 / 29.06.2026
Jahon banki bilan uzoq muddatli Mamlakat dasturi ishlab chiqiladi
11:46 / 19.06.2026