Angliyada transfer oynasi yopilişiga sanoqli soatlar qoldi. Bugun Toşkent vaqti bilan soat 21:00dan keyin ingliz klublari öz safiga yangi futbolçi qöşib ololmaydi. Butun Yevropa jamoalari transferlar orqali kuçayişga urinayotgan keyingi uç haftada ingliz jamoalari bor e'tiborini futbolga qaratişadi.
NeGA ÖZGARTIRILDI?
Sönggi yillarda eng oxirgi soatlarda futbolçini sotib oliş yoki sotiş odat tusiga kirib qolgandi. Hatto transferni hal qiliş uçun sanoqli soniyalar yetmay qolgan voqealarga ham guvoh bölganmiz.
Klublar sönggi daqiqalarni kutiş orqali, nimani közlaşlari mumkinligini aniq aytiş qiyin. Balki bunday vaziyatda öz talablarini qöyiş sotuvçi yoki ba'zida oluvçi klub uçun ham qulayroq bölişi mumkin. Aynan şuning uçun ham transferlarni mavsum boşlanişidan avval yakunlaşga talab paydo böldi.
Ötgan yilning kuzida öziga xos referendum bölib ötgandi. Dedlaynni oldinroqqa surişga 70 foizdan oşiq klublar rozi böldi.
Faqat 5 klub bu özgarişga qarşi çiqdi. Mançesterning ikki klubi, «Kristal Pelas», «Uotford» va «Suonsi» transfer dariçasi avvalgidek qolişi istaşgan bölişsa, «Byornli» betaraf qoldi. Şuning bilan Angliyada yangi davr boşlandi – endi transferlar dariçasi birinçi turning ilk uçraşuvidan bir kun oldin yopiladi. Yevropada faqat Finlyandiyada ham transferlar mana şunday erta yakuniga yetadi.
PLYuS va MINUSLAR
Tarafdorlarning fikri tuşunarli – transfer dariçasining berkilişi mavsum boşlanib bölgandan keyingi ötişlarni keskin kamaytiradi va klublar muhim futbolçilarni yöqotişmaydi. Lekin boşqa muhimroq jihat bor.
Bu qaror futbol uçun foydalidir. Axir endi futbolçilar mavsum boşlangaç, diqqatlarini faqat öyinlarga jamlaşlari mumkin, boşqa fikrlarga çalğimaydilar. Murabbiylar bor e'tiborlarini jamoa öyinini kuçaytirişga qaratadilar, biror transfer orqali kuçayiş haqida öylamaydilar. «Yana bir neçta yangi futbolçi kelsa, öyinimiz yaxşilanadi» degan gaplar ham bölmaydi.
Öz navbatida, qarşilarni ham tuşuniş mumkin. Birinçidan, uç hafta juda katta muddat. Bu pallada klub biror futbolçisidan jarohat tufayli ajralib qolişi ham mumkin. Bu holatda futbolning örnini töldiriş imkoni bölmaydi.
Ikkinçidan, çetda transfer oynasi hali oçiq böladi. Boşqaça aytganda, ingliz klublari öz futbolçilaridan ajralib qolişlari mumkin, ammo örniga boşqasini sotib olişolmaydi. Tasavvur qiling, şartli «Barselona» Pogbani qölga kiritişning uddasidan çiqsa, Mourino öz muhim futbolçisidan ayriladi va örniga boşqa nomzodni ololmaydi.












