«Çelsi» «Real»dan Mateo Kovaçiçni öz safiga qöşib olgani haqida rasman e'lon qildi.
24 yoşli xavbek London klubiga bir yil muddatga ijaraga ötgan.
«Köklar» klubi rasmiy saytidagi xabarda futbolçining keyinroq sotib olinişi haqida aytilmagan.
Xorvatiyalik futbolçining ijarasi «Çelsi» darvozaboni Tibo Kurtuaning «Real»ga transferi doirasida amalga oşdi.
«Real» Kovaçiçni «Inter»dan 2015 yilda sotib olgandi, ammo xorvatiyalik futbolçi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi. Ammo u jamoa bilan ötgan vaqt içida 9 sovrinni qölga kiritdi, jumladan, uç marta qatorasiga YeÇL ğolibi böldi va bir marta Ispaniya çempionatida ğolib çiqdi.












