Aholi murojaatlarini örganiş uçun vodiyga yöl olgan «Kun.uz» muxbiri faoliyatiga tösqinlik qilindi.
8 avgust kuni muxbir Farğona davlat politexnika institutiga kiriş imtihonlari bölib ötayotgan binosi oldida huquq-tartibot organlari xodimlari undan tegişli hujjatlarni körsatişni söraşgan.
Gap orasida içki işlar organlari xodimi muxbirga hududdagi qoniqarsiz şaroitlardan noligan. Muxbir kiçik intervyu tayyorlaşga kirişganida esa, içki işlar organi xodimi esa aytgan sözlaridan tonib, «matohlarini yiğiştiriş»ni talab qilgan va post-patrul xizmati xodimlarini çaqirgan.
Şundan söng, muxbirning qöllarini qayirib, Qirgulidagi militsiya tayanç punktiga olib ketişgan. Bu yerda uning yonidagi iş jihozlari, qöl telefoni hamda soati olib qöyilgan. Undan kimligi va nima maqsadda Farğonada yurganini qayta-qayta söraşgan, muxbirning javoblariga işonçsizlik bilan qaralgan.
Muxbir 4 soatdan oşiq vaqt davomida militsiya tayanç punktida qolgan. Muxbir «Kun.uz» tahririyatiga qönğiroq qilinib, jurnalist haqidagi ma'lumotlar tasdiqlatib olinganidan keyingina, keç tuşganda idoradan çiqişga muvaffaq bölgan. Ammo muxbirga buyumlari qaytarib berilayotganida qöl telefoni olib qolingan - unda video va audioyozuvlar bölib, organ xodimlari parol tufayli telefonga kira olişmagan va uni vaqtinçalikka qaytarib bermaslikka qaror qilişgan.
Muxbirga javob berilayotganida, keyingi kuni turar joydan ma'lumotnoma olib keliş tayinlangan.
9 avgust kuni muxbir ma'lumotnomani olib, Farğona şahar içki işlar bölimiga borgan. Ammo uni bu şaharda yangi sarguzaşt kutmoqda edi.
Muxbir «Kun.uz» tahririyati bilan oxirgi marta telefon orqali boğlanganida, soxta guvohlar iştirokida öziga qarşi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi böyiça (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) iş oçiliş xavfi paydo bölgani, özini sudga olib ketişmoqçi bölişayotgani, bu işlarning boşida Farğona şahar IIB boşliği Hayotjon Qodiraliyeviç Soliyev turgani haqida ma'lumot berişga ulgurdi. Ayni vaqtda u bilan yana aloqa uzilgan.
Tahririyatning vaziyat yuzasidan Farğona viloyati içki işlar boşqarmasi matbuot xizmatiga qilingan murojaatlari besamar ketmoqda.
Ayni vaqtda içki işlar organlari nima uçun jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilayotganini izohlab bera olgani yöq.
Bu şu kunlarda röy berib turgan voqea. Kuppa-kunduzi içki işlar organlari xodimlari vakolatlarini suiiste'mol qilişib, jurnalistning erkin faoliyatiga qarşilik qilişdi. Uning keyingi ikki kun uçun rejalari özgarib, tahririyat topşiriqlari bajarilmay qoldi.
















