Özbekiston Milliy banki qoşidagi Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasining Qozoğiston Respublikasidagi vakolatxonasi rasman röyxatdan ötdi.

Jamğarmaning ijroçi direktori Miraziz Isakovning ta'kidlaşiça, mazkur vakolatxonaning asosiy vazifasi qöşni davlat bozorida marketing tadqiqotlarini ötkaziş, xorijiy hamkorlarni topiş, mahalliy brendlar reklamasini ta'minlaş,şuningdek, körgazma, yarmarka, tender savdolari va boşqa tadbirlarda özbek tadbirkorlarining iştirokini taşkillaştirişdan iboratdir.

Şuningdek, qozoğistonlik hamkorlarning Özbekistonga taşrifini uyuştiriş, ularning yurtimiz tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalarini örnatişda amaliy kömak körsatiladi. Ana şu maqsadda vakolatxona qöşni davlat işbilarmon doira vakillarining Özbekistonda biznes yuritiş uçun şaroitlar haqidagi ma'lumotlar bilan kengroq taniştirib boriş orqali ularning Özbekistonga sarmoyalarni kiritişga jalb qilişda faol iştirok etadi. 

Jamğarma vakolatxonasi taşabbusi bilan Ostona şahrida Özbekiston savdo majmuini taşkil etiş böyiça işlar boşlab yuborildi. Uşbu savdo majmuida özbekistonlik eksportçilar uçun barça şart-şaroitlar yaratiladi. Majmuaning birinçi qavatida qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari örin olsa, yuqori qavatlarda mebel va töqimaçilik, gilam va boşqa sanoat mahsulotlari joy oladi. Bu esa, mamlakatimiz eksport salohiyatini kengaytiriş bilan birgalikda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.