Sentyabrda Toşkentda SCHNEIDER GROUP vakolatxonasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi, deb xabar beradi «Jahon» AA.

Özbekistonga iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat körsatayotgan nemis kompaniyalarining vakillari taşrif buyuradi. Uşbu amaliy safarning taşabbuskori - SCHNEIDER GROUP.

Xorijiy işbilarmonlar Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Savdo-sanoat palatasida muzokaralar olib boriş uçun keladi.

Dasturda, şuningdek, bir qator işlab çiqarişlarga boriş, respublikadagi iqtisodiy salohiyat, investitsiya imkoniyatlari va biznes muhit bilan tanişiş, özaro manfaatli hamkorlikning istiqbollarini muhokama qiliş borasida rejalar ham bor.

SCHNEIDER GROUP 2003 yilda taşkil etilgan. Rossiya, Qozoğiston, Belarus, Ukraina, Polşa, Özbekiston va Armaniston hududida biznesni yaratiş va rivojlantiriş uçun zarur bölgan bek-ofis xizmatlarini taqdim etadi.