Prezidentimiz ötgan yili sentabr oyida AQŞga taşriflari davomida çet eldagi vatandoşlarimizni Özbekistonga qaytişga çaqirgan edilar. Natijada, mana yana bir hamyurtimiz Uluğbek Qosimxöjayev öz yurtiga qaytdi va katta mas'uliyatli lavozimga tayinlandi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz kelajagi uçun turizm sohasi juda muhimligini inobatga olib, unga yuklatilgan vazifalar va kutilayotgan umid ançagina katta, deb yozadi xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov Facebook’dagi sahifasida.
“Uşbu taşrif doirasida biz ham AQŞning Silikon vodiysiga borgan edik va Uluğbek Qosimxöjayev bizning uçraşuvlarni samarali taşkil etişga ança yordam bergan edi. Oddiy inson közi bilan qaralsa, AQŞda moddiy tomondan deyarli barça masalalari yeçilgan, yaxşi şaroitda yaşab turgan malakali mutaxassis barça şu imkoniyat va şaroitlarini taşlab, yurtimizning rivojiga öz hissasini qöşaman deb Özbekistonga kelişi albatta yaxşi natija deb öylayman.
Bu ham Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda haqiqiy islohotlarni amalga oşirilişi jarayoniga xorijdagi yuqori malakali hamyurtlarimizning öziga xos işonçi hamda uşbu jarayonda öz hissasini qöşiş iştiyoqidan dalolatdir”, - deb yozadi Ş.Şermatov.
Uning bildirişiça, avvalroq, Otabek Nazirov ham qaytib kelgan va hozir Xalq ta'limi vazirligida moliyalaştiriş masalalarini tubdan isloh qiliş ustida işlayapti.
“Aynan şu hamyurtlarimiz kabi sidqidildan öz yurtida islohotlarni amalga oşiriş niyatida qaytayotgan mutaxassislar yordamida biz mamlakatimizda haqiqiy fundamental özgarişlarni amalga oşira olamiz deb umid qilamiz”, - deya yozgan xalq ta'limi vaziri.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞdan kelgan özbekistonlik Davlat turizm qömitasida yuqori lavozimga tayinlangani xabar qilingandi.

















