Vazirlar Mahkamasining “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2017 yil 10 apreldagi 196-son qarorining 1-ilovasi I bölimi quyidagi mazmundagi 5-band bilan töldirildi:

“5. Samarqand şahar “Xişrav-2” massivi yer maydonlari quyidagi çegaralar bilan:

şimoliy tomondan - “Darğom” kanali hududi;
şarqiy tomondan - Samarqand viloyati Yongin xavfsizligi boş boşqarmasining malaka oşiriş markazi hududi;
janubiy tomondan - davlat zaxira yerining jarlikkaça bölgan hududi;
ğarbiy tomondan - Mudofaa vazirligining harbiy bazasiga tutaş hududi”.

Samarqand viloyati hokimligi, Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda uşbu qarorning 1-bandidan kelib çiqib, “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududining çegaralarini qayta belgilaydi va tegişli yer uçastkalari ajratilişini ta'minlaydi.

Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi S.R. Xolmuradov va Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi E.O. Turdimov zimmasiga yuklandi.