Hukumat qarori bilan Davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining virtual makonda iştirokini faollaştiriş konsepsiyasi va uni amalga oşirişi böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.

Kontseptsiyani amalga oşirişning asosiy yönalişlari sifatida axborotlaşgan jamiyatni jadal şakllantiriş, jumladan, davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining veb-resurslarini fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari va biznes tuzilmalarning intellektual va axborot ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda taşkil etiş nazarda tutilgan, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali. 

“Yöl xaritasi”da tegişli yönalişlarda amalga oşiriladigan turli çora-tadbirlar belgilandi. 

Xususan, “Vikipediya” internet-ensiklopediyasini Özbekiston töğrisidagi ma'lumotlar bilan töldiriş, uning özbek tilidagi versiyasi mundarijasini boyitiş, ijtimoiy tarmoqlarda “Virtual dunyoda Özbekiston muzeylari” loyihasini işlab çiqiş, yurtimizning global virtual makondagi turistik salohiyatini ta'minlaşga qaratilgan “Visit Uzbekistan” (“Uzbekistan – your dreams”, “Özbekiston – orzuingizdagi mamlakat”, “Wonderful Uzbekistan”, “Ğaroyib Özbekiston”) kabi loyihalarni amalga oşiriş vazifalari körsatib ötilgan. 

Soğliqni saqlaş sohasida fuqarolarga masofadan tibbiy yordam körsatiş va şifokorlarning, ayniqsa, qişloq joylarida faoliyat yuritişini ta'minlaş uçun teletizimlarni joriy etiş, onlayn-diagnostika faoliyatini yölga qöyiş singari çora-tadbirlar amalga oşiriladi.