AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi tufayli Donald Tramp ma'muriyati milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Nyu-Yorkdagi Xitoy kompaniyasiga tegişli bino aksiyalari nazorat paketini qölga kiritişga tayyorlanmoqda.
Gap Nyu-Yorkdagi 850 Third Avenue binosi haqida bormoqda. U Xitoyning AQŞ diqqat markazida turgan NHA kompaniyasiga qaraşli. Manbaning aytişiça, bu AQŞ milliy xavfsizligi masalasi bilan boğliq.
«Bu qaror Oq uyga tegişli», — dedi manba.
New York Post gazetasining yozişiça, Nyu-York politsiyasining 17-uçastkasi uşbu binoning 1-qavatida joylaşgan. Uşbu uçastka politsiyaçilari vaqti vaqti bilan Trump Tower binosi xavfsizligini ta'minlaşadi.
Bundan taşqari, manbalarning taxminiça, 58 yillik bino hukumat ixtiyoriga topşiriladi va keyinçalik sotiladi.












