2018 yilning 9-15 avgust kunlari Özbekiston delegatsiyasi Belarus Respublikasida taşrif bilan böladi, deb xabar qilmoqda TIV axborot xizmati.

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpoğiston Vazirlar kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari, korxona va taşkilotlar rahbarlaridan tarkib topgan Özbekistonning nufuzli delegatsiyasi Minsk şahri va Belarusning boşqa mintaqalariga taşrif buyuradi, sanoat va qişloq xöjaligi kompaniyalarini borib köradi, ilğor texnologiyalarga asoslangan işlab çiqariş jarayoni bilan bevosita tanişadi.

Delegatsiya taşrifidan közlangan asosiy maqsad – Özbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytiriş uçun ikki davlat hududlari örtasida töğridan-töğri aloqalarni örnatiş.