AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat hududiga Turkiyadan olib kiriladigan alyuminiy va pölatga boj tölovlarini ikki barobar oşirişni ma'qulladi.
«Turkiyaga töxtaladigan bölsam, men hozirgina, turk lirasi bizning öta baquvvat dollarimizga nisbatan keskin qulayotgan bir çoğda alyuminiy va pölatga boj tölovlari ikki barobar oşirilişi haqidagi qarorni imzoladim! Alyuminiyga nisbatan boj tölovlari 20 foizga, pölatga nisbatan — 50 foizga oşdi. Hozir bizning Turkiya bilan munosabatlarimiz u qadar yaxşi emas!» — deb yozgan Amerika yetakçisi öz Twitter akkauntida.

Rajab Toyyib Erdöğan esa öz mamlakatiga qarşi iqtisodiy uruş oçgan kuçlarga nisbatan kuraş olib borişga va'da berdi.
«Turkiya har qanday salbiy ssenariyga qarşi çoralar tayyorlamoqda. Milliy valyutaning qadrsizlanişidan, foiz stavkalari oşişi va Anqara manziliga tahdidlarda xursand bölayotganlar heç narsaga erişa olişmaydi», — degan Erdöğan Boyburt viloyatida çiqiş qila turib.
Uning sözlariga köra bir qator davlatlar ataylab Anqaraning milliy manfaatlariga daxl qiluvçi aksilturkiya pozitsiyasini uşlab olişgan. Erdöğan iqtisodiy sohada sönggi kunlardagi negativ jarayonlarni «Aksilturkiya siyosatining navbatdagi körinişi» deb baholagan.
Juma kuni Turkiya valyutasi yangi tarixiy minimum — 1 dollarga 6,4684 liragaça quladi.
Endryu Branson işi
Ilgariroq AQŞ moliya vazirligi amerikalik pastor Endryu Bransonning işi yuzasidan Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va içki işlar vaziri Sulaymon Söyluga nisbatan sanksiya joriy etgan edi. Bu amaldorlarning AQŞga kirişi taqiqlanadi, ularning Amerikadagi aktivlari muzlatiladi. Şundan söng lira kursi keskin tuşib ketdi.
Turkiya hokimiyati amerikalik pastorni 2016 yilning oktabridan buyon hibsda saqlamoqda. Uni Turkiyada terrorçi taşkilot sifatida tan olingan muxolifatdagi islom voizi Fathulloh Gulan taşkiloti (FETO) ga yordam beriş, şuningdek Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçi partiyasi (KIP) ni qöllab-quvvatlaşda ayblaşmoqda. Branson bu ayblovlarni «şarmandali va yaramas», deya rad etib kelmoqda.
















