“Creative concepts Films” kompaniyasi 23 ming kilometr yöl bosib, 24 mamlakat hududida, 120 kun davomida Hindistonning Dehli şahridan Buyuk Britaniyaning London şahrigaça bölgan masofani maşinada bosib ötib, davlatlarning boy turistik salohiyat va madaniy an'analarini tarğib etişga qaratilgan maxsus xujjatli filmni tasvirga olişmoqda. Özbekiston ham ularning yöl xaritasidan örin olgan bölib ayni vaqtda ular mamlakatimiz hududida.





Kompaniya vakillari uşbu haftada “Özbekkino” MAga taşrif buyurişdi va taniqli kinoijodkorlar Obid Asomov, Muqaddas Xoliqova va Fotix Jalolov iştirokida maxsus intervyuni suratga olişdi. Intervyu davomida kinoijodkorlar “Youtube” va “Amazon” tarmoqlari orqali kino mahsulotlarini tomoşa qiliş darajasi, mamlakatimizda kino mahsulotlari işlab çiqarişning öziga xos xususiyatlari va kino san'atining yoşlar tarbiyasidagi örni yuzasidan fikr almaşdilar.


“Creative Soncepts Films” kompaniyasi vakillari Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi hamda Toşkent va Nukus şaharlaridagi madaniy-tarixiy obidalar bilan yaqindan tanişadilar va tasvirga oladilar.











