Bu mamlakatni qanday ataş töğri sanaladi: Gollandiyami yoki Niderlandiya? Qanday qilib butunlay har xil bölgan nomlar bir mamlakatga tegişli bölib qoldi? Bu savolga oydinlik kiritiş uçun tarixga yuzlanişimizga töğri keladi.

«Niderlandiya» nomining özi «quyi yerlar» deya tarjima qilinadi. Balki, sözlaşuv nutqida bu atama 10 asrda bu hudud Muqaddas Rim imperiyasi hukmi ostida bölgan vaqtda paydo bölgandir. Biroq yozma manbalarda 14 asrga kelib yodga olina boşlandi. Uzoq vaqt mobaynida bu yerda bir-biri bilan aralaşgan turli xalqlar yaşagan. Nemis hukmdorlari esa bu hududni belgilaş maqsadida uning dengizga yaqin joylaşganini hisobga olib, oddiygina qilib «quyi yerlar» deb ataganlar. Vaqt şiddat bilan ötardi, hukmdorlar özgardi, davlatlar quladi. Oxir-oqibat, «quyi yerlar» mustaqillikka ega böldi. Biroq Nederland nomi mustahkam örnaşib qoldi va hozir ham jahon siyosatida qöllaniladi. Şuning uçun bu mamlakatni aynan Niderlandiya deb ataş töğridir.

U holda Gollandiya atamasi qayerdan kelgan? Bu Niderlandiya tarkibidagi hududning nomigina xolos. Gollandiya hududi mamlakatning ikki hududi - Şimoliy va Janubiy Gollandiyadan iborat. Tarixdan şimoliy provinsiyada joylaşgan, poytaxti Amsterdam bölgan Gollandiya mamlakatning rivojlangan qismi bölgan. Gollandiyaning madaniy va iqtisodiy yutuqlari Yevropa böylab tarqalgan. 1697 yilda Rossiya imperatori Petr I öz yaqinlari bilan aynan Gollandiyaga taşrif buyurgan va armiya hamda flotni qaytadan jihozlaş uçun ustalarni yollagan. Ulardan «Qayerdan keldingiz?» deya söraşganida özlarining rivojlangan hududlaridan faxrlanib, «Gollandiyadan» deyişgan. Vaqt ötişiga qaramay, odamlar Gollandiya va Niderlandiyani bir mamlakatning ikki nomi deya tuşunişlari taajjublanarli emas. Bunday yangliş tuşunça faqat rus tilida sözlaşadigan mamlakatlargagina xos emas. Niderlandlarning oltin davrida mustamlakalarga asos soliş, qullar savdosi va iqtisodiy munosabatlarni örnatiş bilan asosan kelib çiqişi gollandiyalik bölganlar şuğullanişgan. Ular öz navbatida xorijliklar oldida hududlarining ustunligini alohida qayd etişni unutmaganlar.