AQŞ hukumati global joylaşuvni aniqlaşning hozirgi sun'iy yöldoş tizimi (GPS) tösib qöyiladigan bölsa, muqobil navigatsiya tizimlarini yaratiş niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» AQŞ harbiy mahkamasining Qöşma Ştatlar kosmik kuçlarini rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan hisobotiga tayangan holda xabar qildi.
«Mudofaa vazirligining kosmik salohiyatni rivojlantiriş böyiça sa'y-harakatlari muqobil joylaşuv, navigatsiya va vaqt böyiça aniqlaş tizimlariga qaratiladi», - deyiladi Pentagonning hisobotida.
Ta'kidlanişiça, uşbu tizim Amerika qöşinlariga GPS tösib qöyiladigan bölsa, talab etiladi. Hujjatda geojoylaşuvning yangi tizimini işlab çiqiş muddati qanday ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Şuningdek, hisobotda aytilişiça, AQŞ kosmik kuçlari doirasida törtta bölinma yaratiladi. Ular orasida jangovar qömondonlik, harbiy maqsadlar uçun sun'iy yöldoş sotib oliş böyiça agentlik, harbiy-kosmik kuçlarning jangovar tarkibi va kosmik amaliyotlar kuçlari bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ koinotda RQM sensorli qatlamini joylaştirmoqçi ekani xabar berilgandi.











