AQŞ kosmik makonda raketalarga qarşi mudofaa (RQM) sensor qatlamini joylaştirmoqçi. Bu haqda Defense News raketalarga qarşi mudofaa böyiça agentlik direktori Sem Grivzning Alabama ştati Xantsvill şahridagi kosmik mudofaa böyiça anjumandagi bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Grivzning sözlariga köra, asosiy narsa şundaki, koinotda bunday sensorli datçiklarni joylaştiriş «jiddiy körib çiqilmoqda» hamda bu borada aniq tuşuniş bor. Bundan taşqari, bunday sensorlar uçun talablar va ularni sotib oliş jarayonini aniqlaş kerak.
Alabama ştatidagi uçraşuv davomida Grivz koinotda raketalarga qarşi mudofaa sensor qatlami qanday işlaşi mumkinligi haqida öz tasavvurini taqdim etdi. Şu tariqa, sensorlar gipertovuş tahdidlar va boşqa murakkab maqsadlarni aniqlaşi hamda kuzatib borişi, şuningdek, raketalarni kötariliş yoki parvoz bosqiçida tutib olişi lozim.
Grivzning sözlariga köra, uning agentligi koinotda joylaştiriladigan raketalarga qarşi mudofaa uçun tutib oluvçi raketalarni işlab çiqmoqçi. Uning qöşimça qilişiça, agentlik Pentagon bilan muzokaralar olib bormoqda va bugungi kunda uşbu salohiyatni amalga oşiriş uçun imkoniyatlarni işlab çiqmoqda.

















