Özbekiston prezidenti mamlakat quriliş sohasi xodimlariga tabrik yölladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.
Muhtaram döstlar!
Hurmatli quruvçilar!
Siz, azizlarni – mamlakatimizning quriliş sohasini ravnaq toptirişga munosib hissa qöşib kelayotgan barça yurtdoşlarimizni bugungi kasb bayramingiz – Quriliş sohasi xodimlari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Mana şu qutluğ ayyomda sizlarga öz nomimdan, xalqimiz nomidan ezgu tilaklar va çuqur minnatdorlik bildiraman.
Biz sizlarning timsolingizda öz mehnati bilan şahar va qişloqlarimizda, butun yurtimizda yangi işlab çiqariş korxonalari, muhim ijtimoiy obektlar, muhtaşam uy-joylar, yöl va köpriklar barpo etib, hayotimizni yanada obod, gözal va tarovatli etiş yölida fidokorona mehnat qilib kelayotgan olijanob kasb egalarini köramiz.
Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, hozirgi kunda, butun mamlakatimiz kabi, quriliş sohasi ham öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga kötarilmoqda.
Iqtisodiyotimizda amalga oşirilayotgan tub islohotlar, ijtimoiy hayotimizdagi ulkan özgarişlar, jumladan, “Obod qişloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilab olgan vazifalarimiz soha rivojini mutlaqo yangiça tarzda, zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlari asosida taşkil etişni talab etmoqda.
Bunyodkorlik yönalişidagi işlarimizning miqyosi va kölamini birgina “Obod qişloq” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi 159 ta tumanda 416 ta qişloqni obodonlaştiriş böyiça işlab çiqilgan boş rejalar asosida qisqa muddatda 320 ta maktab, 231 ta maktabgaça ta'lim, 148 ta soğliqni saqlaş muassasasi va 77 ta mahalla fuqarolar yiğini binolari, köplab köça va maydonlar, jamoat maskanlarida katta quriliş işlari olib borilayotganida köriş mumkin.
Bu borada davlat – xususiy şeriklik munosabatlari, quriliş taşkilotlari va aholi hamkorligi kabi yangiça faoliyat şakllari samarali qöllanayotganini alohida ta'kidlaş lozim.
“Obod mahalla” dasturi böyiça 2018 yilda mamlakatimizning 148 ta mahallasida ta'mirlaş, içimlik suvi, elektr, tabiiy gaz tarmoqlari, içki yöllar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obektlarida quriliş-ta'mirlaş işlari boşlanib, özining dastlabki natijalarini berayotgani barçamizni albatta quvontiradi.












