Albaniya politsiyasi sakkiz nafar qarindoşini öldirgan erkakni qölga oldi, deb xabar berdi Albaniyaning Top Channel telekanali.

Qotillik poytaxt Tiranadan 100 kilometrça masofada joylaşgan Resulay qişloğida sodir etilgan. 24 yoşli Ridvan Zikayning qurbonlari orasida 14 va 6 yoşli ikki bola ham bor.  

U bir neça soatdan söng qişloq atrofida qölga olingan. OAVning xabar berişiça, u giyohvand bölgan.

Qişloqda bölib ötgan bayramdan söng janjal kelib çiqqan. Taxmin qilinişiça, qotil uyidan Kalaşnikov avtomatini olib çiqqan va bobosi, uning oilasi hamda yana bir qarindoşining oilasi a'zolarini otib taşlagan.  

Unga umrbod qamoq jazosi tayinlanişi mumkin. Bu 1990 yildan beri Albaniyada bir kişi tomonidan sodir etilgan eng yirik ommaviy qotillikdir.