Dizayn jamoasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlarining talablari va şartlarini qöpol ravişda buzilganligi uçun guruh litsenziyasi 2018 yil 11 avgust kunidan bekor qilinadi. Bu haqda «Özbekkonsert» davlat muassisi xabar bermoqda.
Xabarda ta'kidlanişiça, guruh «milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga töğri kelmaydigan, ma'naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bölgan nomunosib harakatlar orqali qiziqçilik san'atini beobro‘ etib, san'atkor odobiga rioya etmagan».
Ma'lum qilinişiça, Toşkent viloyatida joylaşgan Imzo Garden maskaniga taklif etilgan Dizayn jamoasi a'zolari dam oliş maskanida odob-axloq qoidalariga töğri kelmaydigan, beöxşov hazillarni ijro etgan. Akfa group xodimlari uçun taşkil etilgan kooperativ tadbirda yangragan nomunosib hazillarning video va audio lavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgaç, jamoa faoliyatiga jiddiy e'tibor bilan baho berildi.
Şundan jamoa a'zolari Dilşod Musabekov va Sa'dulla Fathullayev video murojaat orqali barçadan uzr söradi. Ular hazillarda içki işlar xodimlari, ayol va qizlarga nisbatan hurmatsizlik qilinganini tan olib, barça fuqarolardan keçirim söragan.
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con litsenziya bekor qilinmoqda.












