Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi (Eron qurolli kuçlari bölimi) Ğarbiy Ozarbayjon viloyatidagi Oşneviya şaharçasida 11 nafar jangarini yöq qilgani haqida xabar qildi.

"Keça oqşomda xorijiy razvedka xizmatlari bilan aloqador qurollangan terrorçilar guruhi vaziyatni izdan çiqariş va qöporuvçilik harakatini amalga oşiriş uçun Oşneviyadagi çegaradoş hududdan mamlakatga kirişga urindi, ammo Hamza Said al-Şohad bazasidagi piyoda qöşinlarning jasur jangçilari pistirmasiga duç keldi", — deyiladi xabarda.

Operatsiya davomida Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi bir neça jangarini yarador qilgan hamda köplab miqdorda öq-dorilar va aloqa vositalarini qölga kiritgan.

Avvalroq 20 iyul kuni mamlakat ğarbidagi Kurdiston viloyatida jangarilarning hujumi oqibatida kamida ön nafar harbiy halok bölgani xabar qilingandi.