Eng köp iştirokçiga ega va nufuz jihatidan ham eng yuqori örinda turuvçi mavsumoldi musobaqasi – Xalqaro Çempionlar kubogi nihoyasiga yetdi. 2013 yildan boşlab ötkazila boşlangan turnirning bu safargi ğolibi - «Tottenhem» klubi.
20 iyulda start olgan musobaqada kuçli beşlikning 17 klubi hamda Portugaliya çempioni iştirok etdi. Çempionatning jami 27 öyinidan 10tasi Yevropa va Singapurda, 17tasi AQŞda ötkazildi. Öyinlarni jami bir milliondan ortiq tomoşabin (1.061.520 nafar) bevosita stadiondan kuzatib bordi.
Ötgan safargi turnirlardan farqli ravişda, bu yil har bir klub uçtadan öyin ötkazdi va ğolib faqat bitta («Tottenhem») böldi. Avvallari iştirokçilar maydonga tuşadigan öyinlar soni har xil bölar, har bir hududning alohida çempioni e'lon qilinardi.
Qayd etiş joiz, turnir yakunida avvaldan kutilganidek bir neça jamoaning oçkolari teng kelib qoldi. 7 oçkodan jamğargan «Tottenhem», «Borussiya D.» hamda «Inter» klublari urilgan va ötkazib yuborilgan gollar nisbatiga muvofiq ravişda «sovrinli» örinlarni band etişdi.
Turnirning eng muvaffaqiyatsiz jamoasi «Barselona» böldi. Kataloniyaliklar «Roma» va «Milan»ga imkoniyatni boy berib, «Tottenhem» bilan bahsda penaltilar seriyasiga köra yutqazişdi. Musobaqa tartibiga köra, futbol lotereyasidagi mağlubiyat uçun jamoalarga 1 oçko berilgan.
Endilikda «Tottenhem» Xalqaro Çempionlar kubogida ğolib bölgan «Real», «Mançester Yunayted», «Barselona» va «PSJ» (2 marta) klublari qatoridan örin oldi.













