Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarining ön birinçi kuni 11 avgust natijalari e'lon qilindi.

Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning Facebook sahifasiga köra, natijalar quyidagiça:

Davlat granti böyiça eng yuqori ötiş bali: 164,0 ball, Urganç davlat universitetining «Filologiya va tillarni öqitiş: nemis tili» ta'lim yönalişi;

Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş bali: 135,6 ball, Farğona davlat universitetining «Ijtimoiy iş» ta'lim yönalişi.

Örtaça ötiş bali:

  • davlat granti – 109,4 ball;
  • tölov-kontrakt – 80,3 ball.

Test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 36 ta binoda 18 ta oliy ta'lim muassasalarining 76 ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.

Test sinovlarida 24 247 nafar abituriyent iştirok etdi, 718 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 40 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 1459 nafar öqituvçilar jalb etildi.