Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2018-2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurish orqali Namangan viloyatining Norin tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks o‘rganib chiqilgani, shuningdek, Prezidentning 2018 yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosi;
Namangan viloyatining Norin tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajasida hal etishni talab etadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mintaqaviy “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinishi mumkin.
2018-2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli manzilli ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
Namangan viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari loyihalarning tashabbuskorlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta'minlaydi va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlariga erishish va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga Namangan viloyati hokimligi va xizmat ko‘rsatuvchi banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
“O‘zbaliqsanoat” Assotsiatsiyasi Namangan viloyat hokimligi bilan birgalikda hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va xo‘jalik birlashmalari Norin daryosi bo‘yida umumiy 60 gektar yer maydonda 2018-2019 yillarda baliqchilik fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha loyihalarini tashkil etadi.
Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda:















