Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning ma'lum qilişiça, Anqara Vaşingtonni «huquqiy yölga» qaytişga çaqiradi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Turkiya «xalqaro huquq normalaridan kelib çiqqan holda» harakat qilmoqda.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Anqara ikki tomonlama munosabatlarda «AQŞni huquqiy yölga qaytişga taklif etadi».

Erdöğanning alohida ta'kidlaşiça, AQŞning amerikalik pastor Endryu Bransonni sanksiyalar yordamida ozod etilişiga erişiş böyiça sa'y-harakatlari qabul qilib bölmasdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Anqara Bransonning işi fonida AQŞ tomonidan kelayotgan tahdidlarga qarşi kuraşişi haqida ma'lum qilgandi.

«Biz huquqqa asoslanib harakat qilamiz, biroq tahdidlarga keladigan bölsa, endi xafa bölişmasin. Biz yiqilgan joydan turamiz, mening xalqim oyoqda turibdi...», - degan Erdöğan.