Saakashvili AQShda Poroshenkoga qarshi jinoiy ishlar ochilganini bildirdi
Gruziya sobiq prezidenti, Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoni jinoyatchi deb atadi. U bu haqda «Strana.ua»ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda Ukraina prezidenti Poroshenkoga qarshi ofshor hisoblari tufayli jinoiy ishlar ochilgan.
«U prezident lavozimidan ketgach, uni hech bir mamlakat qabul qilmaydi yoki darhol uni topshiradi. Amerikada uni xuddi Ukraina sobiq bosh vaziri Pavel Lazarenko kabi qamab qo‘yishlari mumkin, chunki FQB unga ishlar to‘plamini ochgan», - deya ma'lum qildi Saakashvili.
Shu bilan birga, siyosatchining aniqlik kiritishicha, Poroshenkoga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari ofshor hisoblariga aloqadordir. Shuningdek, Saakashvilining aytishicha, Poroshenko bilan qo‘l ushlashib ko‘rishmasdi, sababi «u qamoqqa olinishi va prokurorlar hamda tergovchilar bilan muloqotda bo‘lishi kerak».
«U jinoyatchi bo‘lib, nafaqat «qozonlar»dagi minglab odamlarning vafot etishi, qashshoqlik, muhojirlikdagi minglab o‘lim holatlari mas'ul. Balki, eng muhimi, Poroshenko umidlar qotili. U vaqtni o‘ldirdi, hamda bu kechirilmaydi», - deya aytib o‘tdi Saakashvili.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko «Shimoliy oqim - 2»ni troyan oti bilan tenglashtirgandi.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024