Senat kengashi to‘ylar bo‘yicha yangi qaror qabul qildi
13 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda ta'kidlanishicha, majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev olib borgan.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 30 martdagi tegishli Qarori asosida Respublika ishchi guruhi tomonidan oilaviy tadbirlarni tartibga solish yuzasidan keng jamoatchilik fikri o‘rganildi.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2018 yil 29 iyunda «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Boshqa vazifalar bilan birga mazkur qarorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan joylarda oilaviy tadbirlarni milliy va diniy qadriyatlarimizga mos holda, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz o‘tkazish yuzasidan doimiy monitoring yuritish tizimini yo‘lga qo‘yish, monitoring natijalari asosida tegishli hududning o‘ziga xos xususiyatlari, urf-odatlari hamda mavjud sharoitlaridan kelib chiqib, oilaviy tadbirlarni namunali o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilib borish nazarda tutilgan.
Qarorda belgilangan vazifalarning samarali ijro etilishini ta'minlash maqsadida Senat Kengashining majlisida «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarida To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish to‘g‘risida»gi Qaror qabul qilindi.
Qaror bilan komissiyalarning namunaviy nizomi va ularning namunaviy tarkibi ham tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan birgalikda namunali oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish, oilaviy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan marosimlarga, nomaqbul odatlarga va ularning salbiy oqibatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borish, urf-odatlarni mensimaslik, isrofgarchilik holatlarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish kabi masalalar komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Bundan tashqari, Qarorda mamlakatimizdagi barcha fuqarolar yig‘inlari huzurida oilaviy tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzish belgilandi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024