Duşanba kuni Rossiyaning Ryazan şahrida «Tarixiy-madaniy meros - qadim şaharlar barqaror rivojlanişining kafolati» mavzusidagi birinçi xalqaro forum oçiladi. 500 yildan avvalroq taşkil etilgan dunyoning 40ta şahri rahbarlarini bir joyga töplaydigan forumga Özbekiston delegatsiyasi taşrif buyuradi.
Ryazan oblasti hukumatidan xabar berişlariça, bir hafta davom etadigan tadbir Rossiya Federatsiyasining YuNESKO işlari böyiça komissiyasi şafeligida ötkaziladi.
«Tarixiy-madaniy meros - qadimiy şaharlar barqaror rivojlanişining kafolati» mavzusidagi ilk konferensiyada Belarus, Serbiya, Turkiya va Özbekistondan mutaxassislar iştirok etadi.
Forumda 12 mamlakat şaharlari öz iştirokini tasdiqladi: Trir va Myunster (Germaniya); Loveç (Bolgariya); Granada, Sevilya (Ispaniya); Neapol (Italiya); Sparta, Afina, Saloniki (Gretsiya); Toşkent, Buxoro (Özbekiston); Parij (Fransiya); Grodno, Brest, Vitebsk (Belarus); Istanbul, Anqara, Manavgat (Turkiya); Tallin (Estoniya); Yerevan (Armaniston); Belgrad (Serbiya). Şuningdek, Rossiya Federatsiyasi şaharlari: Moskva; Vladimir; Belozersk; Velikiy Ustyug, Totma (Vologda oblasti); Kaluga, Mosalsk, Kozelsk (Kaluga oblasti); Kerç (Qrim); Velikiy Novgorod; Smolensk; Qozon; Tula, Pereslavl-Zalesskiy (Yaroslavl oblasti); Kolomna.
Tadbir kunlarida sakkiz mamlakatdan kelgan oşpazlar iştirokida gastronomik sayyohlik dasturlari namoyiş etiladi.












