Sky Sports telekanalining maşhur eksperti va şarhlovçisi Alan Smit APLning yangi mavsumi oldidan öz taxminlarini bayon qildi. Smitning aytişiça, «Liverpul»ning transferlari juda aniq va foydali böldi, lekin bu ham jamoaga sovrinni yana «Enfild»ga qaytariş uçun yetarli bölmasligi mumkinn. Pep Gvardiolaning «Mançester Siti»si çempionlik uçun eng asosiy da'vogar bölib qolmoqda.
«Mançester Siti» va «Liverpul» haqida
«Riyoz Mahrez – «Siti» uçun juda yaxşi xarid. Bundan taşqari, Gvardiola hali ham ğalabaga çanqoq va u bu bilan jamoani yangi çöqqilarga olib çiqişi mumkin. Pepning çanqoqligi boşqa jamoalarga nisbatan «Mançester Siti»ning ustunligini yanada oşiradi.
«Liverpul» Nabi Keyta va Alissonni sotib olib, katta qadam taşladi. Jamoa oğriqli nuqtalarni yopdi va endi ligada ikkinçi örinni oliş uçun asosiy da'vogarlardan biri».
«Mançester Yunayted» haqida
«Albatta, klubning yozdagi transfer siyosati köp muxlislarga yoqdi, deb öylamayman. Ammo jamoa ötgan mavsumda himoyada yomon öynamadi, Mourinoga yangi himoyaçi sotib olib berişni uddalay olmagan bölişsa-da, baribir, bu jamoani yengiş hali ham juda qiyin bölib qolaveradi.
«Tottenhem» haqida
«Köpçilik «Tottenhem» heç kimni sotib olmaganiga salbiy yondaşyapti, ammo ularda juda saviyali jamoa şakllangan. Nima deyişsa ham, bu jamoa ayniqsa, yangi stadionga köçgaç, futboldan qanday zavq oliş mumkinligini körsatadi. Öylaymanki, bu tarkib va kuçli murabbiy bilan «Tottenhem» yana bir muvaffaqiyatli mavsumni ötkazadi».
Londondagi yangi murabbiylar haqida
«Arsenal» mavsumni kuçli törtlikda tugata olmasa kerak. Bu mavsum jamoa uçun ham (yangi murabbiy qöl ostida), Emeri uçun ham moslaşuv jarayoni böladi. Töğrisi, Sarrining darajasi haqida bir nima deya olmayman. Uning «Çelsi»dagi imkoniyati men uçun qoronğu. Sarri bilan «Çelsi» öz öyin konsepsiyasini özgartirsa kerak, lekin bunga ma'lum vaqt talab etiladi.
Örtamiyonalar
Smit «Vulverhempton»ning imkoniyatilarini yuqori baholamoqda va «börilar»ning turnir jadvali örtalaridan joy olişiga işonmoqda – «Jamoaning bir qator juda qiziqarli transferlarni amalga oşirganiga e'tibor bersak, «Vulverhempton» juda yorqin mavsum ötkazsa kerak. Ular muxlislarga yoqadigan öyin körsatişlariga aminman».












