Sayyoramiz daryo, köl, dengiz va okeanlarni hosil qiluvçi suv oqimlari bilan «çizib taşlangan». Ulardagi suvning rangi haqida söralganida, moviydan tortib, yaşilgaça bölgan ranglarni aytişingiz mumkin. Biroq rang-barang daryoni körmagan bölsangiz kerak.

Kano-Kristales nomli bunday qiziq, rang-barang daryo Kolumbiyaning toğli, janubiy hududlaridan oqib ötadi. Kano-Kristales aynan şu nomdagi milliy boğ tarkibiga kiradi.

Beş rangdan iborat rang-baranglik: moviy, yaşil, sariq, qizil va qora – turli xildagi suv ötlarining mavjudligi bilan izohlanadi. Yil faslidan kelib çiqib, ularning hayotiy faoliyati va rangi özgaradi.

Mahalliy aholi uni Şaffof daryo deb ataydi. Undagi suv haqiqatan ham şaffof va toza, şuning uçun tubidagi toşlar körinib turadi. Biroq bu yerda baliqlar mavjud emas: undagi jonzotlar daryoning oqimi va suv tarkibiga moslaşa olmagan.

Yoz faslida quyoş nurlari va issiq havo va Macarenia Clavijera ösimligi qurigani sabab, daryo suvi qip-qizil tus oladi. Bir vaqtning özida suvning ba'zi qismlarida boşqa suv ötlari sababli yana uç xil – sariq, moviy va qora ranglarni ham kuzatiş mumkin.
Suvdagi ösimliklarning faol gullaş vaqti yoz fasliga töğri keladi. Afsuski, iyundan noyabrgaça sayyohlar bu yerga kelişi man etilgan.

Kano-Kristales dunyodagi eng çiroyli daryo deya tan olingan. Unga yetib boriş ham oson emas. Dastlab Kolumbiyadagi La-Makarena şahrigaça uçiş, qayiqda suziş va yana odam qadami yetmagan yölaklardan yurib boriş kerak.
Köz oldingizda uzunligi 100 kilometr va kengligi 20 metr bölgan tabiat mö'jizasi paydo böladi. Daryo hajmi Amazonkada bölgani kabi u qadar katta emas. Biroq parvardigor ijodi namunalaridan biriga guvoh bölgaç, Yerda ğaroyib joylar köp ekanini anglaysiz.



















