2018 yilning 14-15 avgust kunlari Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari A.Qöldoşev boşçiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va Fuqaro mudofaasi qömitasi bilan hamkorlikda Hay'at kengaşida iştirok etiş uçun Tojikiston Respublikasiga taşrif buyuradi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 9 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga taşrifi doirasida tomonlar örtasida Favqulodda vaziyatlarni oldini oliş hamda oqibatlarini bartaraf etiş böyiça hamkorlik bitimi imzolangan.

Mazkur taşrif doirasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasida hamkorlikning ustuvor yönalişlari muhokama qilinadi. Şuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Özbekiston Fanlar Akademiyasi, ikki mamlakatning gidrometeorologik xizmatlari vakillari bilan «Yuqori toğli hududlardagi köllarning holatini örganiş, ularning yorib çiqib ketişi bilan boğliq favqulodda vaziyatlar» mavzusida hamkorlikda davra suhbati ötkazilişi rejalaştirilgan.