Amerikaning Heal startapi yangi narsa ixtiro qilgani yöq. U aniq ravşan bölgan “şifokorlar uçun Uber”ni keng ravişda tekşirmoqda. Mijozlar mobil ilovaga kirişadi va uylariga şifokor kelib, ular bilan gaplaşadi, eşitadi va dorilarni yozib beradi. Rossiyadagi Doc+ ham aynan şu tizimda işlaydi. Boşqa mamlakatlarda ham şunga öxşaş servislar bor.

Nazariya jihatdan, xizmat narxi bino uçun ketadigan xarajatlar körsatkiçi mavjud bölmagani uçun pasayadi.

Amaliyotda mazkur sohaning bir neça umumiy muammolari bor. Şifokorni uyga çaqiriş – kam uçraydigan holat. Köpinça daromad darajasiga boğliq böladi. 80 yoşda har kuni qayeringizdadir oğriq sezasiz, biroq zamonaviy startapni çöntak kötarmaydi. 30-50 yoşda esa salomatlik şifokorga çalğimay, işlaş va pul topiş imkonini beradi.

Umumiy yeçim – bolalarga diqqatni qaratiş. Ular tez-tez kasal bölişadi, pul esa ota-onalarda bor. Heal bu haqida oğiz oçmayapti. Axir bozorni toraytirişning nima keragi bor. Biroq saytdagi ilk havolalar pediatrlarga yönaltiradi. Lending skrinşotida esa 1,5 yoşli bola surati joylaştirilgan.

Ikkinçi noxuş holat – mos keluvçi kasalliklar röyxatining kamligi. Agar bari juda oddiy bölsa, Doctor On Demand usulidagi video aloqaning özi yetarli. Agar murakkab tahlillar zarur bölsa, poliklinikaga borişga töğri keladi. Şifokorlar eşitib, uşlab körişi kerak bölgan vaziyatlar evaziga yaşaşga töğri keladi. Bu esa yana bozorning qisqarişiga olib keladi.

Vanihoyat, şifokorning vaqti. Taqdimotlarda ular zamonaviy taksi haydovçilari kabi buyurtmadan buyurtmaga – qöşni uy tomon yugurişadi. Haqiqatda esa bunday startaplarda hali heç kim jiddiy qamrab ololmagan. Bemorlar kam, ularni mikro tumanga taqsimlaşning imkoni yöq. Buyurtmadan buyurtmaga şifokor yarim şaharni kezib borişiga töğri keladi. Bu yerda heç narsa qilişning iloji yöq – yorqin kelajak va servis maşhurligi ortişini kutiş lozim böladi.

Heal tört yil avval dunyoga keldi. 50 million dollar sarmoyani sarfladi. 60 ming çaqiruvni ötkazdi. Agar ofis va maoş uçun ketgan xarajatlarga 10 million hisoblansa, startap har bir çaqiruvga boriş uçun har bir joyda 700 dollarni marketing va şifokor uçun sarflayapti. Taqqoslaş uçun – mijoz yoki suğurta uçun taşrif narxi – 99 dollar. Balki reklamalarda yana promokodlardan ham foydalanilsa kerak.

Kelajakda iqtisodiyot ommaning sodiqligi evaziga önglanişi mumkin. Bola ön yoşga tölmaguniga qadar ona Heal’ni çaqiradi. Marketing uçun ham tölaş şart bölmaydi. Buyurtmalar ketma-ketligi ham ortadi, şifokor vaqtining yöqotilişi kamroq böladi. Narxlar kötariladi. Çunki 99 dollar Amerika şaroiti uçun juda kamtarona. Bahorda startap navbatdagi raundni jalb etdi. Bu safar – 20 million dollar.