Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, AQŞning Rossiya va Turkiyaga qarşi sanksiyalari xalqaro savdo qoidalarini buzmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning ta'kidlaşiça, sanksiyalarni xalqaro huquq me'yorlaridan kelib çiqqan holda noqonuniy deb hisoblaydi.

«Ular [sanksiyalar] jahon savdoning barça prinsiplarini, şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) qarorlari bilan tasdiqlangan prinsiplarni buzmoqda», - deya aytib ötgan Lavrov.

Taşqi işlar vazirining qayd etişiça, BMT bir tomonlama iqtisodiy majburlaşni noqonuniy çoralar sifatida baholaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kreml AQŞ sanksiyalari haqida bayonot berib, bu yaxşilik bilan tugamasligini ma'lum qilgandi.