O‘zbekiston | 09:50 / 14.08.2018
41362
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni berish tartibi joriy qilindi

Foto: O‘zA

2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqei va obro‘sini targ‘ib qiluvchi “O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari” tashkil etiladi. 

Bu prezidentning “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Qarorning yana bir o‘ziga xos jihati, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab umumta'lim maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablar, san'at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga a'lo bilimi, namunali xulqi va jamoat ishlaridagi faolligi uchun oltin va kumush medallarni berish tartibi joriy qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid