Tojikiston şarqidagi toğda vertolyotning qaltis qönişi oqibatida uç alpinist va ikki nafar ekipaj a'zosi halok böldi, deb xabar berdi RIA Novosti respublika favqulodda vaziyatlar qömitasiga tayanib.

Halok bölgan alpinistlarning barçasi Rossiya fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

Yölovçilardan biri — Dmitriy Kumşayev qutqaruvçilar bilan aloqaga çiqqan. Uning sözlariga köra, halokat yuz bergan joyni körsatiş uçun ular öz buyumlarini yoqişgan.

Xabarga köra, Tojikiston milliy gvardiyasiga tegişli bölgan Mi-8 vertolyoti 4,2 ming metr balandlikda joylaşgan lagerdan havoga kötarilişi bilan pastga qaltis qöngan. Alpinistlar Ismoil Somoniy çöqqisiga çiqişganidan söng öz lagerlariga qaytayotgan bölişgan.

Vertolyot yölovçilarining aksariyati rossiyaliklar bölgan. Şuningdek, guruhda bir nafar belorus va bir nafar ispan bölgani aytilmoqda.  

Hodisa sabablarini örganiş uçun maxsus tergov guruhi tuzilgan. Favqulodda vaziyatlar qömitasining bildirişiça, hodisaga kuçli şamol va köriş imkoniyatining yomonligi sabab bölgan bölişi mumkin.