Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,4 million musulmon Saudiya Arabistoniga haj ibodatini ado etish uchun keldi
Qirollik hokimiyati rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga haj ibodatini ado etish uchun kelgan musulmonlar soni 1,39 million kishini tashkil etmoqda, deb yozadi Dailysabah.
Ziyoratchilar mamlakatga 14 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lgan oraliqda tashrif buyurishgan, deb bayonot bergan Saudiya Arabistoni pasportlar bo‘yicha bosh boshqarmasi.
Iyul oyi boshlarida Saudiya hukumati 2 million ziyoratchini qabul qilishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan edi.
Vaqti har yili o‘zgarib turadigan haj mavsumining bu yilgisi 19–24 avgust oralig‘ida o‘tadi.
Haj — Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) hayoti bilan bog‘liq Makka va Madina shahridagi muqaddas joylarni ziyorat qilishdir. Yakka xudoga imon keltirish, kundalik besh vaqt namoz, muqaddas Ramazon oyida ro‘za tutish, faqirlar uchun zakot berish bilan bir qatorda haj islomning besh ustunlaridan biri hisoblanadi va har bir musulmon uchun majburiy sanaladi.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026