O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 5-son bayoni asosida Xorijiy fuqarolarni Respublika oliy ta'lim muassasalarida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani bir yillik o‘qitish qiymati belgilandi.

Unga ko‘ra, Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta'lim yo‘nalishida bakalavr (kunduzgi, sirtqi) xorijiy fuqarolar uchun - 20 mln so‘m. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 10,5 mln so‘m. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 22 mln so‘m. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 11,6 mln so‘m.

San'at yo‘nalishida xorijiy fuqarolar uchun - 26,4 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 13,9 mln. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 29 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 15,3 mln so‘m.

Gumanitar fanlar yo‘nalishida xorijiy fuqarolar uchun - 20 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 10,5 mln. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 22 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 11,6 mln so‘m.

Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishida xorijiy fuqarolar uchun - 22,4 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 11,8 mln. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 24,b mln so‘m. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 13 mln so‘m.

Jahon siyosati yo‘nalishida xorijiy fuqarolar uchun - 33,6 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 17,7 mln. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 36,9 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 19,5 mln so‘m.

Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar yo‘nalishida xorijiy fuqarolar uchun - 20 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 10,5 mln. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 22 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 11,6 mln so‘m.

Sotsiologiya va psixologiya yo‘nalishida xorijiy fuqarolar uchun - 20 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 10,5 mln. Magistratura va ikkinchi mutaxassislikda xorijiy fuqarolar uchun - 22 mln. Respublikada doimiy yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun - 11,6 mln so‘m.