Inson salomatligi doim birlamçi hisoblanib kelgan. Şundan kelib çiqib, Kun.uz tahririyati «Soğlom hayot» loyihasini qayta yölga qöydi. Kasalliklarning kelib çiqişi va foydali muolajalar borasidagi ma'lumotlar hamda şifokor tavsiyalari berib boriladigan loyihaning mazkur soni uçun stomatologiya yönalişi tanlab olindi.

Kun.uz muxbirining köp uçraydigan tiş kasalliklari, sun'iy tişlar örnatiş va aql tişlar bilan boğliq savollariga Toşkent davlat stomatologiya institutining Bolalar yuz-jağ jarrohligi kafedrasi dotsenti Abduazim Yuldaşev javob beradi.

Oğiz böşliğida yöq tişlar örnini nima hisobiga töldiriş tavsiya etiladi?

Hozirgi kunda keng qöllanilayotgan dental implantantlar yordamida tiş qatorlarini töldiriş mumkin. Bunda bemor dastlab kompyuter tomografiyasi orqali tekşiruvdan ötkaziladi. Bu orqali yuqori va pastki jağlarning implantantlar örnatiş uçun qay darajada tayyor ekanligi, ularning nuqsonlari bor yoki yöqligi aniqlanadi va tiş şablon holatda kompyuterda qöyib körsatiladi. Ölçamlari töğri tuşirilib, kerakli tavsiyalar berilgandan söng amaliyotga kirişiladi.

Tiş implantantlarini qöydirişda yoş çeklovi yoki boşqa taqiqlar bormi?

Bu amaliyotdan foydalaniş 16-17 yoşdan keyin tavsiya etiladi, yuqori yoş çiziği esa aniq çegaralanmagan. Qandli diabetdan aziyat çekadigan bemorlar uçun tiş implantantlaridan foydalanmaslik maqsadga muvofiq böladi.

Dental implantantlar saratonga sabab bölişi mumkinmi?

Amaliyot biron kasallikka (jumladan, saratonga ham) sabab bölmaydi – dental implantantlar inson organizmi uçun xavfsiz bölgan titan metalidan işlangan. Bemor suyagining zinçligiga qarab, uning ustiga qöyiladigan tişning vaqti turliça böladi.

Aql tişlarini oldiriş kerakmi?