Joriy yilning 15 avgust holatiga köra, 5 mingdan ortiq xorij fuqarosi Özbekistonga kiriş elektron vizasi (E-VISA)ni sörab murojaat qilgan. 

Murojaat yöllagan 42 mamlakat orasidan Xitoy, AQŞ va Buyuk Britaniya fuqarolari yetakçilik qilmoqda. Xususan, Xitoydan - 1190 ta, AQŞdan - 671 ta va Buyuk Britaniyadan 611 ta murojaat kelib tuşgan.

Statistikada qayd etilişiça, bugunga qadar 5025 xorijlikka viza berilgan, 434 nafarining murojaati tegişli taşkilotlar tomonidan körib çiqilmoqda. Hozirga qadar faqat bir kişining Özbekistonga kiriş murojaati rad etilgan.

Ta'kidlaş joizki, 15 iyul kunidan boşlab Özbekistonda xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda  böliş uçun elektron kiriş vizalarini rasmiylaştiriş işlari boşlangan. Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga Özbekiston hududida böliş huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boşlab 90 kun muddat içida amal qiladi. 

Berilgan elektron viza xorij fuqarosining e-visa.gov.uz portaliga qilgan murojaatida körsatilgan elektron manzilga jönatiladi.

Elektron vizani rasmiylaştiriş uçun murojaat beriş Özbekiston Respublikasiga keliş sanasidan uç iş kunidan kam bölmagan muddatda amalga oşiriladi. Elektron kiriş vizasini oliş murojaatini körib çiqiş uçun konsullik yiğimi hajmi 20 AQŞ dollarini taşkil etadi.