Şu yilning 30 iyul kuni Xalqaro Press klubda “Özavtosanoat” AJ rahbariyati iştirokida sessiya bölib ötdi. Unda Özbekistonda işlab çiqarilayotgan yengil avtomaşinalar narxi örtaça 14 foizga oşişi, özbek avtosanoatida proteksionizm çoralari qaçongaça davom etişiga doir fikrlar bildirildi. 

Kun.uz dunyo avtomobil sanoatida yuksak natijalarga erişgan mamlakatlarning uşbu sohada rivojlaniş tarixini örganişga va uni öquvçilar e'tiboriga havola qilişga qaror qildi. Turkum maqolalarning uzviy qismi sifatida Janubiy Koreya va Germaniya avtomobilsozligi tarixiga doir maqolalar e'lon qilindi. 

Bu safar, avval va'da qilinganidek, köpgina sohalarda bölgani kabi qisqa vaqt mobaynida avtomobilsozlikda ham yuksak natijalarga erişgan Xitoy tajribasidan ayrim ma'lumotlarni taqdim etamiz. 

Foto: wikimedia

Xitoy avtomobilsozlik sanoati, aytiş mumkinki, deyarli yarim asrlik tarixga ega. Biroq u 1990-yillar boşlaridan buyon yuqori sur'atlarda rivojlanmoqda. 2009 yili XXR dunyodagi eng yirik avtobozorga aylangan bölsa, ayni vaqtda dunyoning eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi davlati sanaladi. Uning özi bir yilda AQŞ va Yaponiya birgalikda işlab çiqaradigan maşinalar sonidan köp avtomobil yetkazib beradi. YeIda işlab çiqilgan jami transport vositalari ham Xitoy uluşiga yeta olmaydi. Qiziq va örinli savol tuğiladi: Xitoy bunday natijaga qanday erişdi?

2013 va 2014 yillarda Xitoy dunyo avtosanoati tarixida ilk marotaba bir yilda 20 mln donadan ortiq maşina işlab çiqdi, tegişli ravişda 22,1 mln va 23,7 millionta. Mamlakat bugungi kunda butun boşli avtomobil tizimini yölga qöygan davlatdir. XXRning eng yirik avtokompaniyalari esa, FAW, SAIC va Dongfeng hisoblanadi. Biroq, ma'lumot uçun aytiş kerak, 2006 yil noyabr oyidayoq Xitoyda 6322ta avtomobil korxonasi bor edi. 

Foto: Karelskiye vesti

Xalq respublikasi 2006 yilda avtomobil işlab çiqiş borasida Yaponiyani quvib ötdi va Qöşma Ştatlardan keyingi ikkinçi davlat böldi. Uning dunyo avtosanoatida AQŞni quvib ötib, eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçiga aylanişi uçun 3 yilgina vaqt kifoya qildi. Şundan beri u hozirça maqomini qöldan boy bergani yöq.