Afğoniston poytaxti ğarbida amalga oşirilgan portlaş natijasida kamida 48 kişi qurbon böldi, 67 kişi jarohatlandi. Bu haqda şifokorlarga tayanib Reuters xabar berdi.

Xudkuş terrorçi Daşti-Barçi tumanidagi ta'lim muassasasiga bostirib kirgan va portlaş sodir etgan. Halok bölganlarning deyarli barçasi talabalar. Guvohlarning sözlariga köra, hodisa yuz bergan joyda yuzga yaqin kişi bölgan.

Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani uşbu hujumni qoraladi va tergov işlari ötkazişga buyruq berdi.

"Tolibon" harakati mazkur teraktga aloqador emasligini bildirdi, deb xabar bermoqda Pajhwok agentligi.