Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogi va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i va uning tarkibiga kiruvchi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Burchmulla va Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati va mavjud shtat birliklarini Toshkent viloyati mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish haqidagi taklifi ma'qullandi.

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, tabiat bog‘i hududidagi alohida ekologik, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan tabiiy obektlar va komplekslar tabiatni muhofaza qilish, rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Tabiat bog‘i hududiga tegishli yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiat obektlari va komplekslar xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda foydalanishdan to‘liq yoki qisman olib qo‘yiladi va ulardan faqat unda belgilangan rejimga muvofiq foydalaniladi.

Tabiat bog‘i O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi bo‘lgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi hisoblanadi.

Quyidagilar tabiat bog‘ining asosiy vazifalari hisoblanadi:

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoqda) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish;

rekreatsion, ilmiy va madaniy maqsadlarda tabiiy obektlar va komplekslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta'minlash;

atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish.

Tabiat bogi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda kuyidagi funksiyalarni bajaradi:

a) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimida (ekologik tarmoq) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi biologik va landshaft xilma-xilligini ta'minlash, ekologik muvozanatni saqlashda ishtirok etish sohasida tabiat bog‘i hududida: