Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik general Rossiya bilan barcha aloqalarni uzishga chaqirdi
Foto: UNIAN
Ukraina Xavfsizlik xizmati boshqarmasi sobiq boshlig‘i, general-mayor Vasiliy Vovk Ukraina hukumatini Rossiya bilan chegarani butunlay yopib tashlashga chaqirdi. Bu haqda u «Obozrevatel» portalida ma'lum qildi.
Vovk Ukraina hukumatining Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish bo‘yicha tashabbusiga izoh berib, shunday taklifni ilgari surdi. Ukraina infratuzilma vaziri Vladimir Omelyan avgust oyi boshida Ukrainada bunday qarorni ko‘rib chiqilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
«Keling, barcha aloqalarni uzib tashlaylik, Rossiya bilan chegarani butunlay yopib tashlaylik. Agar bizda urush bo‘layotgan bo‘lsa, bu shunday bo‘lishi ham kerak», - dedi Vovk.
Shuningdek, generalning fikricha, Rossiya bilan moliyaviy munosabatlarni to‘xtatish va savdo-sotiqni yopib qo‘yish zarur. Uning ta'kidlashicha, Ukraina hukumati davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tugatish masalasini ishlab chiqishi va «to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda qat'iy» harakat qilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Qrim bo‘yicha yangi topshiriq bergandi.
Mavzuga oid
15:50
Rossiya Ukrainaga «Oreshnik» bilan zarba berdi
10:11
Luhansk oblastidagi kollej binosiga zarba oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
23:17 / 23.05.2026
AQShning Kiyevdagi elchixonasi Ukrainaga keng ko‘lamli hujum bo‘lishi haqida ogohlantirdi
14:50 / 23.05.2026