Özbekiston respublikadan Rossiyaga köçib kelgan fuqarolarning soni böyiça ikkinçi örinni egalladi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligining migratsiya boşqarmasi axborot-tahlil bölimi boş mutaxassisi Aleksandr Perejinning ta'kidlaşiça, ayni paytda Rossiyada 10 milliondan ortiq xorijlik fuqarolar bor.

Ilk uçlikka Ukraina, Özbekiston (taxminan 20%) va Tojikiston (11,3%) fuqarolari kiradi. Rossiyadagi xorijliklarning umumiy sonidan MDH mamlakatlaridan kelganlarning uluşi 85 foizni taşkil qiladi, xitoyliklar uluşi - deyarli 3 foiz. Yevropa ittifoqi mamlakatlari hissasiga 4,6 foiz töğri keladi.

Bugungi kunda Rossiya - özbekistonliklar uçun eng katta mehnat bozori. Rossiya Içki işlar vazirligining hisob-kitoblariga köra, 2017 yilda Özbekistonning 3,1 milliondan ortiq fuqarosi migratsion röyxatga qöyildi.