Kanop ösimligi qimmatbaho tolali ekin hisoblanib, undan işlangan mahsulotlar namlikni öziga tortişi va tez ötkaziş xususiyatlari bilan boşqa texnik ösimliklardan ustun turadi. Kanop tolasidan olinadigan iplar elektrokabel va gilam töqiş sanoatlarida, xalq xöjaligida brezent, arqon, öt öçiriş uçun işlatiladigan egiluvçan şlanglar, mebel matolari tayyorlaşda xomaşyo sifatida unumli qöllaniladi. Undan tayyorlangan qoplarda kofe va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari saqlansa, öz xususiyatini özgartirmagan holda ançagaça turişi mumkin. Mazkur ösimlik Özbekistonda avvaldan yetiştirib kelingan. Biroq yaqin yillar içida unga bölgan e'tibor bir oz susaygan edi. Davlat rahbarining Toşkent viloyatiga qilgan taşrifida berilgan topşiriqlar yuzasidan yana kanop ösimligini yetiştiriş bilan şuğullaniş lozimligiga katta urğu berilib, uning ilk ijrosi sifatida viloyatning Quyiçirçiq tumaniga ekilişi lozimligi belgilandi. “Kanoptola” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari Şavkat Miroliyev mazkur yönalişdagi köp yillik tajribasini amalda tadbiq etgan holda, Quyiçirçiq tumani Uluğbek hududidagi “Mingçinor” mahallasida 50 gektarlik yer maydoniga kanop ekib, uning uruğligini yetiştiriş bilan şuğullanmoqda. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.



Ma'lumki, kanop juda nozik ösimlik hisoblanadi. Şuning uçun, ayniqsa, hozirgi murakkab ob-havo şaroitida ekin qator oralarini tezda yumşatiş va begona ötlarni yöqotiş fermerlardan talab qilinadigan zaruriy çoralardan biridir. Ösimlik hosildorligini oşirişda ilğor texnologiyalardan biri sifatida öğitlardan töğri foydalaniş hisoblanadi. Agrotexnika darajasidan taşqari ötmişdoş ekinlar, tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari va mexanik tarkibi muhim ahamiyatga ega bölib kelgan. Şu sabab kökpoya va uruğlik uçun yetiştirilayotgan ertapişar kanopning 22-68 “Özbekiston” nomli naviga qöllaniladigan mineral öğitlarning miqdori va nisbatini aniqlaş katta ahamiyatga ega. Şu jumladan, mineral öğitlarning miqdori 100 dan 400 kilogrammgaça berilişi lozim.










