Afğonistondagi «Tolibon» harakati yetakçisi Haybatulloh Oxundzoda butun mamlakat böylab kanop (naşa) yetiştirişni taqiqladi. Bu haqda hukmron rejimning rasmiy vakili Zabiulloh Mujohid ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. «Tolibon» Afğonistonni 2021 yil avgustida egallab olgan. 

«Tolibon» yetakçisining farmonida aytilişiça, «butun mamlakat böylab kanop yetiştiriş qat’iyan man etiladi, şundan keyin heç kim öz yeriga kanop eka olmaydi, agar kimdir öz yeriga kanop eksa, u yöq qilinadi». Bu haqda Darivoa yozdi. 

«Tolibon» rahbari, şuningdek, Içki işlar vazirligi va tergov organlariga jinoyatçilarni javobgarlikka tortiş, sudlarga esa «ularni şariat qonunlari asosida jazolaş»ni topşirgan. 

Hujjat tasdiqlangan kundan boşlab kuçga kiradi va rasmiy gazetada e’lon qilinadi. 

2022 yil dekabr oyida Afğoniston Içki işlar vazirligi mamlakat böylab köknori yetiştiriş taqiqlanganini e’lon qilgan edi. Köknorining yetilmagan dukkaklaridan opiy olinadi - quyuqlaşgan sutli şarbat, undan morfin va kodein ajratiladi.

Afğoniston dunyodagi eng köp afyun işlab çiqaruvçi va eng köp naşa yetiştiruvçi davlatlardan biridir. Mamlakatda naşa işlab çiqariş hajmi böyiça işonçli ma’lumotlar yöq.