Yagona maktab formasini joriy etishning vazifalari nimalardan iborat?
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, maktab formasini joriy etishning maqsadi o‘quvchilarning bilimli, odob-axloqli, sog‘lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish, o‘zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg‘otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.
Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:
ta'lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta'lim-tarbiya berishga ko‘maklashish;
o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;
ta'lim muassasalarida o‘quvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to‘liq rioya etishlarini tartibga solish;
o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish.
Mavzuga oid
15:26 / 14.09.2024
“Darsga kiritmaslik bilan qo‘rqitishyapti” - TDPU yagona formani joriy etmoqchi
19:18 / 22.06.2024
Oliy ta’lim vaziri OTMlardagi forma masalasiga munosabat bildirdi
15:59 / 31.10.2022
Toshkentda 1,5 mlrd so‘mga maktab o‘qituvchilari uchun bir xil forma sotib olinmoqda
11:55 / 09.09.2022