Turkiya sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni uy qamoğidan ozod qiliş böyiça sörovni yana rad qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
NTV telekanali xabarida qayd etilişiça, Turkiya sudi uçinçi marta pastorni ozod qiliş böyiça sörovga rad javobi qaytarmoqda. 15 avgust kuni ham sud Bransonni ozod qilinişi va mamlakatdan çiqib ketiş huquqiga erişişga harakat qilayotgan himoya tomonining arizasini qanoatlantirmagandi.
Turkiya hukumati Bransonga terrorizm böyiça ayblov qöygan, u 2016 yilning 16 iyulidagi voqealarga aloqadorlikda gumon qilingan. Pastorning özi barça ayblovlarni rad etmoqda.
Branson işi Anqara va Vaşington örtasidagi diplomatik mojaroga olib keldi. Munosabatlar keskinlaşuvi ortidan turk lirasi qadri pasaygandan pasaymoqda.
1 avgust kuni AQŞ moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va içki işlar vaziri Sulaymon Söyluga nisbatan sanksiya joriy etdi.
Köp ötmay AQŞ prezidenti Donald Tramp Turkiya pölati va alyuminiysiga bojlarni ikki barobarga oşiriş haqidagi qaror qabul qildi. Natijada lira kursi qulay boşladi.
Lira 2018 yil boşidan buyon 40 foizga qadrsizlandi, pastorni ozod qiliş böyiça sörov rad etilgani haqidagi xabardan keyin 1 AQŞ dollari 6,18 turk lirasiga sotilmoqda. Holbuki, 2 yil muqaddam 1 AQŞ dollari 2,95 liraga teng edi.

















