Turkiya sudi amerikalik pastor Endryu Bransonni uy qamoğidan ozod qiliş böyiça rad javobi berdi. Bu haqda Reuters ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, sud Bransonni ozod qilinişi va mamlakatdan çiqib ketiş huquqiga erişişga harakat qilayotgan himoya tomonining arizasini qanoatlantirmagan.
Qayd etilişiça, appelyatsiya mamlakat Oliy sudiga yuboriladi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Qöşma Ştatlar adliya va içki işlar vazirlarining mamlakatda bölgan barça hisob raqamlarini muzlatib qöyiş haqida topşiriq bergandi. Bunday harakatlar 1 avgust kuni Amerika tomoni turkiyalik vazirlarga qarşi sanksiyalar joriy etgani bilan boğliq. Ikki davlat örtasidagi keskin munosabatlar Turkiyada uşlab turilgan amerikalik pastor işi bilan aloqadordir.
Eslatib ötamiz, bundan avval Turkiya AQŞning qator tovarlariga import boji miqdorini oşirgani xabar berilgandi.

















